School news · Sport

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va…

16.12.2025 1145

✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Unda aytilganidek, bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bogʻcha, 23 ta sport obyektiga ehtiyoj bor.

Tuman hokimlari oʻzlari mablagʻ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bogʻcha va sport obyektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bogʻcha hamda 11 ta sport obyekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi.

Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi taʻkidlandi.

Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda taʻlim sifatini oshirish boʻyicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Yaʻni 7-11-sinfdagi 1,5 ming oʻquvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yoʻnalishlarda oʻqitish yoʻlga qoʻyildi.

Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishiga qarab, oʻqituvchilariga 20 million soʻmgacha oylik maosh toʻlanyapti.

Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027-yilda 33 taga yetkazish vazifasi qoʻyildi.