School news · Tadbirlar
Agentlik va YCYW ta’lim tarmog‘i o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇨🇳 Agentlik va YCYW ta’lim tarmog‘i o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🎓 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Yew Chung Yew Wah (YCYW) ta’lim tarmog‘ining Texnologiyalar (CTO) va axborot bo‘yicha bosh direktori Joys Chen (Joyce Chen) bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🎤 Uchrashuv ta’lim jarayonlarini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va texnologiyalarni joriy etishda YCYWning ilg‘or tajribasini o‘rganishga bag‘ishlandi.
Asosiy maqsad – zamonaviy texnologiyalar va innovatsion pedagogik usullarni integratsiya qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.
Bu uchrashuv ikki tashkilot o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar uchun muhim qadam bo‘ldi.