School news · Sport
Agentlik tizimida respublika chellenjiga start berildi
Agentlik tizimida #Boqiy_satrlar respublika chellenjiga start berildi
📚 Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va adabiy merosimizga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratilgan videorolik tayyorlandi.
✨ So‘z bor ekan - xotira tirik, adabiyot bor ekan - millat ruhi barhayot. Ushbu ezgu g‘oya ostida o‘tkazilayotgan chellenj buyuk adiblarimiz qoldirgan bebaho merosni yosh avlod qalbiga yetkazish, ular qalbida yurtga muhabbat va mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🏫 Chellenj Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.
🗓 Muddat: 25-yanvardan 25-fevralgacha
🟢 Bu tashabbus - so‘z orqali Vatanni ulug‘lash, millat ruhini asrash va Yangi O‘zbekistonning yangi avlodini ma’naviy yetuk etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamdir.