School news · Bizning faxrimiz

58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda!

03.07.2026 455

📚 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda!

📢Joriy yilning 10–19-iyul kunlari poytaxtimiz Toshkent shahri dunyoning eng nufuzli fan musobaqalaridan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO 2026)ga mezbonlik qiladi.

⚡️Bugun Prezident Administratsiyasi rahbarining ta'limni isloh qilish bo'yicha o'rinbosari Ilxom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov olimpiadaning amaliy bosqichi o'tkaziladigan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida bo‘lib, musobaqaga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

✅Tashrif davomida laboratoriyalar, amaliy imtihon xonalari, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda olimpiadani xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan yakuniy tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🇺🇿 Oʻzbekiston ilk bor mazkur nufuzli xalqaro olimpiadaga mezbonlik qilmoqda. Ushbu tarixiy tadbir mamlakatimizning ilm-fan va ta'lim sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda yana bir bor namoyon etadi.

💬Tashrif davomida mavjud tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilinib, amaliy sinovlarni xalqaro talablar asosida tashkil etish hamda barcha tashkiliy masalalarni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.