School news

2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga…

14.05.2026 676

📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar

🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA VA MILLIY DASTURGA HUJJATLAR MAKTABGA BORIB TOPSHIRILADIMI YOKI ONLAYN SHAKLDA TOPSHIRILADIMI?

✅ JAVOB: Talabgorning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) uyda o‘tirgan holda hujjat topshirishlari mumkin.

Bunda hujjatlar onlayn shaklda:
➡️ ariza.piima.uz onlayn sahifasi;
➡️ my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Agar talabgorlar hujjat topshirishda muammo yoki qiyinchiliklarga duch kelsalar, yaqin atrofdagi Agentlik tizimiga tegishli maktablardan biriga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan Murojaatlar markazi xodimlari yordamida hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun -  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin