School news · Tadbirlar

20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni!

20.11.2025 747

🇺🇳 20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasiga bag‘ishlangan “Bizning huquqimiz, bizning ovozimiz” mavzusidagi respublika darajasidagi Ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Senat rahbariyati, Bolalar ombudsmani, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yoshlar parlamenti, ta’lim va yoshlar siyosati sohasidagi mas’ullar hamda 600 dan ortiq yoshlar va ekofaollar ishtirok etdi.

Maktabimiz o‘quvchilari ushbu muloqotda onlayn tarzda qatnashib, bolalarning huquqlarini ta’minlash, xususan, sog‘lom va xavfsiz atrof-muhitni yaratishda yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Ushbu tadbir Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlangan milliy kampaniyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, yoshlarning faolligiga xizmat qiladi.

📌 Har bir bolaning ovozi tinglansin.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube