Ilmu fan-dengiz, ko'rinmas unga had,
Tolibi ilm bunda g'avvosdir abad...
Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Sa'dullayeva Madinaning hujjatlari "ILM-FAN IFTIXORI" xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik tanlovi uchun qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
O'quvchimizga “ILM-FAN IFTIXORI” esdalik ko'krak nishoni hamda "INTELLEKTUAL IZLANUVCHI" ko'krak nishonlari, maxsus guvohnoma, xalqaro sertifikat tantanali ravishda taqdim etildi.
Eslatib o'tamiz, Madina Sa'dullayeva "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti hamda bir qancha xalqaro olimpiadalar g'olibi hamdir.