Новости школы · Xalqaro hamkorlik

“Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro amaliy seminar boshlandi

06.11.2025 741

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

“Yangi O‘zbekiston” universitetida xalqaro amaliy seminar boshlandi

🌍 Tadbirkorlik ta’limini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro seminar-treningning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔖 Ushbu seminar “Intercultural Co-Creation for International Entrepreneurship Education (iCCIEE)” loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘lib, Myunxen Texnika universiteti, Drezden amaliy fanlar university, Nemis-Iordan universiteti va “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyiha Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) tomonidan moliyalashtiriladi.

Loyihaning maqsadi — global tadbirkorlik ta’limi bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni rivojlantirish, yangi o‘qitish metodlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishdir.