Новости школы · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezident maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida…
Xiva shahridagi Prezident maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri tashkil etildi. Mamlakatimiz taraqqiyotining tayanchi bo‘lgan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar o'quvchilarimizni hayotning yangi bosqichiga kuzatish tadbiriga Al-Xorazmiy universiteti faxriy prezidenti va taʼlim menejmenti boʻyicha xalqaro ekspert Islam El-Hadary janoblari tashrif buyurdilar. Tadbirni Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori S. Yo'ldashev kirish so'zi bilan ochib berdi va o'quvchilarni samimiy qutlab, muhtaram Prezidentimizning bitiruvchilarga tabriknomasini o'qib eshittirdi.
Tadbir davomida bitiruvchilarning erishgan yutuqlari e’tirof etildi, tashakkurnomalar taqdim qilindi. O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari, kuy va qo'shiqlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Ushbu kun bitiruvchilarimiz uchun unutilmas lahzalarga boy bo'ldi!
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube