Новости школы · OAV biz haqimizda

Xiva shahridagi Prezident maktabida asosiy darslardan so‘ng fanlar hamda Besh muhim tashabbus doirasida…

24.02.2026 1373

Xiva shahridagi Prezident maktabida asosiy darslardan so‘ng fanlar hamda Besh muhim tashabbus doirasida qo‘shimcha to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, kitobxonlik, san’at va shaxmat to‘garaklari bilan bir qatorda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda chavandozlik hamda kamondan o‘q otish mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan.

Mazkur to‘garaklar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube