Новости школы · Xalqaro hamkorlik

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zamonaviy yondashuv (Global Perspectives) fani doirasida “Can…

21.11.2025 946

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Zamonaviy yondashuv (Global Perspectives) fani doirasida “Can diseases be prevented?” - mavzusi bo‘yicha ustozlari Nargiza Hamrayeva, Silondiwe Mathebula va maktab maslahatchisi Sarvar Sharipovlar hamrohligida Urganch davlat tibbiyot institutiga amaliy tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrif institut kampusi bo‘ylab sayohatdan boshlandi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasining barcha imkoniyatlari: ulkan kutubxona, ma’ruza zallari, laboratoriyalar, IT markazi, stomotalogiya fani uchun moslashtirilgan o ‘quv xonalari va sport bloki bilan tanishishga muvaffaq bo’lishdi. O'quvchilari xorijiy talabalar bilan ham uchrashib, kasb sir-asrorlari, hamda turli kasalliklar va ularning qanday oldini olish haqida muloqot qilishdi.
Tashrif chog'ida Klinik anatomiya va gistalogiya kafedrasi mudiri, dotsent U.A.Ruzmetov bilan ochiq muloqot uchrashuvi o'tkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube