Новости школы · Xalqaro hamkorlik

Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya boshqarmasining "Chavandozlar maktabi" bo‘limi…

24.10.2025 1065

Xiva shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya boshqarmasining "Chavandozlar maktabi" bo‘limi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida
"Chavandozlar maktabi" va "Kamondan o‘q uzish" to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun to‘garak a’zolariga chavandozlik sirlarini o‘rganish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha Milliy gvardiya mutaxassislari tomonidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu hamkorlik o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.