Новости школы · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Buyuk Britaniyaning TOP universitetlaridan birida tahsil oladi

31.07.2026 1009

Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Buyuk Britaniyaning TOP universitetlaridan birida tahsil oladi
Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Olimboyeva Mahliyo navbatdagi yuksak muvaffaqiyatga erishdi.
Mahliyo "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori bo‘lib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Leeds (TOP-78) universitetida bakalavriat bosqichida tahsil oladi.
Ushbu yutuq Mahliyoning tinimsiz mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi va yuksak salohiyatining yorqin ifodasidir.