Новости школы · Maktab hayoti

Maktabimizning 8-sinf o'quvchisi Dushamboyev Shohjahon yozgi ta'tilni yangi do'stlar orasida o'tkazdi.

30.08.2025 1192

Maktabimizning 8-sinf o'quvchisi Dushamboyev Shohjahon yozgi ta'tilni yangi do'stlar orasida o'tkazdi.

O'quvchimiz xalqaro "Творческий конкурс: Родные Просторы" tanlovida kuchli beshlikdan joy oldi va xalqaro "Детская Республика Поленово" oromgohiga yo'llanmani qo'lga kiritib "Средневековье. Мир меча и магии" mavsumida qatnashdi. Shohjahon bizga o'z taassurotlarini ulashdi.

"Bu yoz men uchun takrorlanmas bo'ldi, chunki men nafaqat Rossiyaning Moskva shahridagi oromgohga bordim, balki unutilmas mavsumda ham qatnashdim. Bizning har bir kunimiz sarguzashtlarga va yangiliklarga boy bo'ldi. Bir nechta davlatlardan yig'ilgan yangi do'stlarim bilan maroqli hordiq oldik."

Shohjahonga kelasi o'qishlarida omad tilab qolamiz.