Новости школы · Bizning faxrimiz
Shodiyona! Faxrimiz oltin medal bilan qaytdi!
#XivashahridagiPrezidentMaktabi
#InternationalOlympiad
#GoldMedal 🥇
Shodiyona! Faxrimiz oltin medal bilan qaytdi!
🌍Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Shohjahon Ko‘palov dunyoning eng nufuzli bellashuvlaridan biri – AQShning Nyu-York shahridagi Columbia universitetida o‘tkazilgan “Copernicus” xalqaro matematika olimpiadasida OLTIN MEDALni qo‘lga kiritdi! 🏆
🇺🇿 Bu – maktabimiz, ustozlarimiz, ota-onalarimiz va eng asosiysi, butun yurtimizning quvonchi!
Shohjahonning bu g‘alabasi – bilimga tashnalik, mehnat va intilishning yorqin isboti!
🇺🇿 Biz bunday iste’dodli o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz va ishonamizki, ular O‘zbekiston bayrog‘ini yana va yana dunyo maydonlarida baland ko‘tarishda davom etadilar!
Shohjahonni samimiy tabriklaymiz!
Oltin medal muborak bo‘lsin!