PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 2-BOSQICHI
🖌 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 2-BOSQICHI
✅ Ayni damda respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
2026/2027-o‘quv yili uchun Prezident maktablariga hujjatlar qabuli yakunlariga ko‘ra 60 169 nafar talabgor ro‘yxatdan o‘tdi. Bu esa har bir o‘rin uchun o‘rtacha 179 nafar da’vogar to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi.