Новости школы · Tadbirlar
Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan…
✅✅✅✅
#xalqaro_forum
🔴 Nukus shahrida “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi qizg‘in davom etmoqda.
👉 Forum ishtirokchilari ayni vaqtda Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Qora teran” turistlik markaziga kelishdi hamda bu yerdagi qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashmoqda.
🔰 Xususan, etno turistik hududda yaratilgan sharoitlar, o‘tov qurilishi jarayonlari, chinakam cho‘l muhiti barchada birdek qiziqish uyg‘otdi.
➖ Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
👉 Kunning ikkinchi yarmida pedagoglar uchun o‘quv seminar tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍