Новости школы · Bizning faxrimiz

Nega ayrim o‘quvchilar TOP universitetlarga muvaffaqiyatli kiradi?

08.06.2026 849

🎓 Nega ayrim o‘quvchilar TOP universitetlarga muvaffaqiyatli kiradi?

Buning siri nafaqat bilimda, balki to‘g‘ri yo‘nalish va strategiyada.

🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy xalqaro IB maktab-internatida har 15 nafar o‘quvchiga 1 nafar professional University Counsellor biriktiriladi va bu jarayon 3 yil davom etadi.

Counselling orqali o‘quvchilar:
✅ qiziqish va kuchli tomonlarini aniqlaydi
✅ akademik va shaxsiy portfolio yaratadi
✅ to‘g‘ri universitet va kasb yo‘lini tanlaydi
✅ qabul jarayoniga puxta tayyorlanadi

Counselling — bu oddiy maslahat emas, balki kelajakni rejalashtirish tizimi.

Al-Beruniy xalqaro IB maktab-internati va xalqaro IB ta’limi haqida ko‘proq ma’lumot uchun sahifamizni kuzatib boring.