Новости школы

NAVOIY 585 YOSHDA...🕊

05.02.2026 905

NAVOIY 585 YOSHDA...🕊

Har labing o‘lganni tirguzmakda, jono, jon erur,
Bu jihatdin bir-birisi birla jonojon erur.

Jonim andoq to‘ldi jonondinki, bo‘lmas fahmkim
Jon erur jonon emas yo jon emas, jonon erur.

Bo‘lsa jonon bordurur jon ham chu jonon qildi azm,
Jon ketib jonon bila jondin manga hijron erur.

Jon manga jonon uchundur, yo‘qki jonon jon uchun,
Umr jononsiz qatiq, jonsiz vale oson erur.

Borsa jon, jonon yitar, gar borsa jonon, jon ketar,
Kimsaga jononu jonsiz umr ne imkon erur.

Xushturur jonu jahon jonon bila, jonon agar
Bo‘lmasa jon iylakim, o‘lmas jahon, zindon erur.

Jonim ol, ey hajru jononsiz manga ranj istama,
Chunki jononsiz Navoiy jonidin ranjon erur.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram 
Facebook| You tube