Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari boshlandi
🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
🖌 Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilib, jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.