Новости школы · Tadbirlar

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

21.05.2026 3342

📢 Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Xiva shahridagi Prezident maktabi sizlarni “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi!

Tadbir davomida siz:
✅ Maktabdagi zamonaviy o‘qitish tizimi va metodikasi bilan tanishasiz;
✅ O‘quvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida ma’lumot olasiz;
✅ 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari bilan yaqindan tanishasiz;
✅ Maktab hududi bo‘ylab maxsus ekskursiyada ishtirok etasiz.

📅 Sana: 22–23-may
🕙 Vaqt: 10:00 – 15:00

Kelajagingiz sari ilk qadamni biz bilan qo‘ying!
Manzil: Xiva shahri, “Mevaston” MFY, Amir Temur ko‘chasi 26/b uy

✨ Barchangizni kutib qolamiz!