Новости школы · Sport

HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

05.06.2025 916

HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish jarayoni 2025-yil 20-iyungacha davom etadi.
Arizalar onlayn tarzda quyidagi manzillar orqali qabul qilinadi:
🌐 my.gov.uz
🌐 ariza.piima.uz

Sizga qulaylik yaratish maqsadida ariza.piima.uz saytida maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda.

Shuningdek, tez orada my.gov.uz portali orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma ham e’lon qilinadi.

🔹 Yordam uchun:
🤖 Telegram-chatbot: @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

Mazkur maktablar, qabul jarayoni va boshqa yangiliklar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar ushbu kanalda: @piimauz

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube