Новости школы · Tadbirlar

Hurmatli ota-onalar!

21.11.2025 1767

Hurmatli ota-onalar!
Joriy yilning 1-noyabridan 25-noyabriga qadar maktabimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

❕ Shu munosabat bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Korrupsiyadan holi hudud” shiori ostida o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga sizni taklif etamiz!

📅 25-noyabr, 2025-yil
⏱️ 15:00

Tadbir davomida siz:

⏩ Prezident maktabidagi ta’lim jarayonlarini yaqindan kuzatishingiz;
⏩ tizimda halollikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishingiz;
⏩ maktab ma’muriyati bilan ochiq muloqot qilish imkoniga ega bo‘lasiz.

Barchangizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube