Новости школы

Hurmatli ota-onalar!

05.07.2025 738

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆 Ertaga, 6-iyul kuni Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi — saralash bosqichi boshlanadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️Maʼlumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da

📞 Savollar bo‘yicha: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal