Новости школы · Bizning faxrimiz

G'oliblar Xitoyga ta'lim sayohatiga borishadi!🔥

10.03.2026 610

G'oliblar Xitoyga ta'lim sayohatiga borishadi!🔥

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Digital Generation Uzbekistan" NNM tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib o'tdi.

🎥Tadbir doirasida OAV xodimlari ishtirokida press tur ham tashkil qilindi.

- Unda Vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova, Cambridge Cambridge Assessment tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha rahbari Steve King hamda loyiha ishtirokchilari qatnashdi.

✅Finalda 12 nafar qiz g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda Xitoy davlatiga ta'lim sayohati yo'llanmasini yutib olishdi.

✨Ma'lumot o'rnida: tanlovning bu galgi mavsumida ishtirok etish uchun 92 ming nafardan ortiq qizlar ariza qoldirishgan. Shundan 84 ta loyiha Respublika bosqichiga tavsiya qilindi

Raqamli avlod O'zbekiston
Telegram | Instagram | Youtube |Facebook