Новости школы · Bizning faxrimiz
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
💐 Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Tabiatning uyg'onishi, kunlarning uzayishi, daraxtlarning gullashi – bularning barchasi bizga Navro’z kelganidan darak beradi. Bu qutlug' ayyom nafaqat taqvimdagi sana, balki qalblarning ham yangilanishi, ezgu niyatlarning ro'yobga chiqishiga bo'lgan umiddir.
🌿 Navro’z muborak bo'lsin! – bu so'zlar bilan biz bir-birimizga yaxshilik, saxovat va mehr-oqibat tilaklarini yo'llaymiz. Zero, Navro’z – insonlarni birlashtirib, hamjihatlik va birdamlik tuyg'ularini mustahkamlaydigan kundir.
Ayniqsa, ta'lim sohasidagi yutuqlar Navro’zdek yangilanish ramzi bilan hamohangdir. Yosh avlodning bilimga intilishi, iqtidorli o'quvchilarimizning xalqaro musobaqalardagi g'alabalari, dunyoning eng yaxshi universitetlarida o'qish imkoniyati – bularning barchasi yurtimiz kelajagi porloq ekanidan dalolat beradi.
Ushbu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirib, qalblarda go'zal tuyg'ular uyg'otsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to'kin bo'lsin!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat va ezgu maqsadlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🤝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi