Новости школы · Bizning faxrimiz

AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

22.09.2025 771

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo G‘olib ko‘chasi, 1-uy.