Новости школы · Xalqaro hamkorlik
Agentlik direktori Sevara Shakirova Xitoy Xalq Respublikasining Yinghua Group va Yinghua Academy bosh…
🤩Agentlik direktori Sevara Shakirova Xitoy Xalq Respublikasining Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
➖ Xitoy tilini o‘rganishga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun kengroq imkoniyatlar yaratish;
➖ Yangi xorijiy til maktabi uchun o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi loyihalarini yo‘lga qo‘yish;
➖ Kelgusi istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.
🌍Mazkur uchrashuv 2 davlat o‘quvchilari o‘rtasida taʼlimiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirib, ularning bilim va tajriba almashish imkoniyatlarini yanada oshiradi.