Новости школы · Bizning faxrimiz
19-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual…
⚡️19-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnirda Xorazm viloyati nomidan ishtirok etuvchi jamoalardan biri bo'lgan Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilar jamoasi Toshkent shahriga jo‘nab ketishdi.
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi bilan tanishing:
1️⃣ Allabergonov Xudoybergan
2️⃣ Maxsudbekov Muhammad
3️⃣ Abdusharifov Kamronbek
4️⃣ Shohnazarov Amirxon
5️⃣ Yangiboyeva Farangiz
6️⃣ Payzullayev Aslombek
7️⃣ Sadullayev Jasurbek
Jamoa murabbiyi: Eshmetova Adolat
Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz imtiyozli tarzda toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi, hamda bir yil mobaynida har oyda toʻlab boriladigan Zakovat stipendiyasi bilan taqdirlanadilar.
❗️ Xorazm viloyati jamoalariga ushbu turnirda omad va zafarlar tilaymiz!