School news · Bitiruvchilar
Yangi avlod tadqiqotchilari uchun Research Camp 2026
🎓 Yangi avlod tadqiqotchilari uchun Research Camp 2026
⏺ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida Research Camp 2026 yozgi ilmiy dasturi tashkil etiladi. Dastur talabalar hamda maktab bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilarga mentorlar bilan birgalikda real ilmiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi.
Ishtirokchilar Renessans sog’lomlashtirish oromgohida 2-8 avgust kunlari davomida turar joy bilan birga kuniga 4 mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Har bir loyiha uchun 6 nafargacha ishtirokchi saralab olinadi.
Mazkur tashabbus universitet talabalari tomonidan tashkil etilgan Hogwarts School tomonidan amalga oshirilmoqda.
Yo‘nalishlar:
⏺IT
⏺Ekologiya & muhandislik
⏺Ta’lim
⏺Biznes & iqtisod
⏺Biokimyo & tibbiyot
⏺Siyosat & ijtimoiy fanlar
⏺Turizm
“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi bo‘ling - qabul boshlandi
Ariza topshirish muddati: 27-mart
Ro‘yxatdan o‘tish