School news · Maktab hayoti

Yangi avlod tadqiqotchilari uchun Research Camp 2026

24.03.2026 1156

🎓 Yangi avlod tadqiqotchilari uchun Research Camp 2026

⏺ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida Research Camp 2026 yozgi ilmiy dasturi tashkil etiladi. Dastur 9, 10, 11chi sinf o'quvchilari, hamda Universitet talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilarga mentorlar bilan birgalikda real ilmiy loyihalar ustida ishlash imkoniyatini beradi.

Ishtirokchilar Renessans sog’lomlashtirish oromgohida 2-8 avgust kunlari davomida turar joy bilan birga kuniga 4 mahal ovqat bilan ta’minlanadi. Har bir loyiha uchun 6 nafargacha ishtirokchi saralab olinadi.

Mazkur tashabbus universitet talabalari tomonidan tashkil etilgan Hogwarts School tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yo‘nalishlar:
⏺IT
⏺Ekologiya & muhandislik
⏺Ta’lim
⏺Biznes & iqtisod
⏺Biokimyo & tibbiyot
⏺Siyosat & ijtimoiy fanlar
⏺Turizm
⏺Huquq

Ariza topshirish muddati: 27-mart
Ro'yxatdan o'tish