School news · Bizning faxrimiz
Yana bir g‘ururli yangilik!
Yana bir g‘ururli yangilik!
🇺🇿Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda!
🏅 Ko‘palov Shoxjahon, 9-sinf o‘quvchimiz, ketma-ket o‘tkazilgan quyidagi xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlarida yuksak natijalarga erishib, 3 ta oltin medal sohibi bo‘ldi:
🌟 OLYMPIAD USA xalqaro olimpiadasi
🌟 Copernicus xalqaro olimpiadasi
🌟 SEAMO xalqaro olimpiadasi
Bu yutuq Shoxjahonning mehnatsevarligi, izlanishlari va bilimga bo‘lgan ishtiyoqining yorqin natijasidir.
Maktab jamoasi Shoxjahonga faxr bilan tabrik bildiradi va unga keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!