School news · Bizning faxrimiz
YANA BIR FAXRLI YUTUQ!
YANA BIR FAXRLI YUTUQ!
#BizningFaxrimiz
#Mard_o‘g‘lon
#Bitiruvchi2024
🏆 Xiva shahridagi Prezident maktabining 2024-yil bitiruvchisi Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li nufuzli “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi!
📚 Hozirda u “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, ilm-fan yo‘lida izlanayotgan, kelajagi porloq yoshlarimizdan biridir.
🇺🇿 Alibekning ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanishi – yosh avlodga bo‘lgan katta ishonch va ularning bilim, fidoyilik va g‘ayratiga berilgan munosib e’tirofdir.
🌟 Alibekka xalqaro miqyosdagi yutuqlar, mustahkam bilim, katta marralar va yorqin istiqbol tilaymiz!
✅ Maktabimiz tarbiyalagan bunday yoshlardan faxrlanamiz!