School news · Bizning faxrimiz
Yana bir faxrli yutuq!
🏆 Yana bir faxrli yutuq!
Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azizbek Niyozmetov xalqaro miqyosdagi NEMO 2026 olimpiadasining ingliz tili yo‘nalishida Oliy o‘rin (Grand Prize) g‘olibi bo‘ldi.
Asosiy bosqich yakunlariga ko‘ra eng yuqori natijani qayd etgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkazilgan yakuniy imtihonda Azizbek o‘zining chuqur bilim, yuksak salohiyat va puxta tayyorgarligini namoyon etib, 97,8 ball bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda Spark avtomobili bilan taqdirlandi.
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan Azizbekni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz.