School news · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezidentimiz maktabining iqtidorli o‘quvchilari Dinora Ulug’bekova va Mohira…
#Ilmiy_Yutuq
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
Xiva shahridagi Prezidentimiz maktabining iqtidorli o‘quvchilari Dinora Ulug’bekova va Mohira Ulug’bekovalarning ilmiy maqolasi nufuzli “European Journal of Modern Medicine and Practice” jurnalining 2025-yil, 5-jild, 10-sonida chop etildi.
📝 “Post-Human Futures: Can AI Replicate Humanity?” nomli ushbu ilmiy maqolada sun’iy intellektning insoniyatga ta’siri, uning axloqiy, falsafiy va ijtimoiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Bu yutuq Prezidentimiz maktabida ta’lim olayotgan yoshlarning ilmiy salohiyati, izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va xalqaro darajadagi muvaffaqiyatlarining yana bir yaqqol isbotidir.
O‘quvchilarimizni ushbu katta yutuq bilan tabriklaymiz! Ularga kelgusida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!