Xiva shahridagi Prezident maktabida xodimlar va o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish…
🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabida xodimlar va o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi yuzasidan ma’lumot berish maqsadida FVB xodimlari bilan hamkorlikda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
👩🚒 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar va ustozlarga xavfsizlik qoidalari, tezkor harakatlanish yo‘llari hamda zarurat tug‘ilganda to‘g‘ri qaror qabul qilish usullari tushuntirildi.
✨ Ushbu amaliy mashg‘ulotlar maktab jamoasi uchun favqulodda vaziyatlarda o‘zini himoya qilish va bir-biriga yordam ko‘rsatish bo‘yicha muhim tajriba bo‘ldi.