School news · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi prezident maktabi 10 sinf o‘quvchisi Ko’palov Shohjahon Muzaffarovich 🌍 AQShning Nyu-York…

01.08.2026 1416

🇺🇿 Xiva shahridagi prezident maktabi 10 sinf o‘quvchisi Ko’palov Shohjahon Muzaffarovich 🌍 AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli COPERNICUS International Olympiad’da yuksak natijalarga erishdi va OLTIN MEDAL ni qo’lga kiritdi.!

Mazkur olimpiada AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlardan eng iqtidorli yoshlarni birlashtirgan yirik xalqaro ilmiy musobaqadir.

✨ Shuningdek, Kupalov Shohjahon Muzaffarovich olimpiadaning mutlaq g‘oliblaridan (Absolute Winner )biri sifatida e’tirof etilib, maxsus qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

🎓 Final bosqich Columbia University (AQSh) kampusida bo‘lib o‘tdi — bu dunyoning TOP-40 oliygohlari qatoriga kiradi.

🌆 Ishtirokchilar Nyu-Yorkning mashhur maskanlariga ham tashrif buyurishdi:

MoMath muzeyi
Central Park
Times Square & Fifth Avenue
Statue of Liberty
SUMMIT One Vanderbilt
American Dream Mall

Ma’lumot uchun Ko’palov Shohjahon Muzaffarovich 2025 yil ham 🌍 AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli COPERNICUS International Olympiad ning FINAL bosqichida OLTIN MEDAL ni qo’lga kiritgan va Absolute Winner bo’lgan edi.