School news · Bizning faxrimiz

Startup Fest marafonida muvaffaqiyatli ishtirok

05.06.2026 1143

🚀 Startup Fest marafonida muvaffaqiyatli ishtirok

Xorazm viloyatida o'tkazilgan "Startup Fest" milliy startaplar marafonida Xiva Prezident maktabining 3 ta jamoasi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, barcha jamoalar o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli taqdim etib, sertifikatlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Ushbu natija o‘quvchilarimizning innovatsion fikrlashi, tashabbuskorligi va mehnatsevarligining yana bir yorqin namunasidir.

Jamoalarimizni erishilgan yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👏👏👏