School news · Bizning faxrimiz
Shu kunlarda yurtimizda dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari jam bo‘lishgan.
🔴 Shu kunlarda yurtimizda dunyoning eng iqtidorli yosh kimyogarlari jam bo‘lishgan.
58-Xalqaro kimyo olimpiadasida turli mamlakatlardan kelgan iste'dodli o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Bugun olimpiada doirasida tashkil etilgan amaliy sinovlarni ko‘zdan kechirdik hamda uning yuqori saviyada tashkil etilishi yuzasidan mas'ullar bilan muloqot qildik.
Jarayonlarni kuzatar ekanmiz, ishtirokchilarning puxta tayyorgarligi, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va izlanuvchanligi alohida taassurot qoldirdi. Ishonamanki, bugungi sinovlar ular uchun katta tajriba va unutilmas xotiraga aylanadi.
Barcha ishtirokchilarga olimpiadada omad, muvaffaqiyat va yuksak natijalar yor bo‘lsin!
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook