School news · Xalqaro hamkorlik

Samarqand: maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari uchun yangi Markaz ishga tushdi

28.05.2025 659

📰📰📰📰📰📰📰
#Мактабгача_таълим

📍 Samarqand: maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglari uchun yangi Markaz ishga tushdi

✅ Bugun Samarqandda Pedagogik mahorat markazi huzurida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Vazirlik hamda xorijiy tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

➖ Tadbir avvalida ta'lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan pedagogik kadrlar malakasini oshirish tizimi transformatsiyasi haqida taqdimot qilindi.

🌐 Ma'lumot o‘rnida: ushbu markaz Vazirlik, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan "Oʻzbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha taʼlimdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

📊Loyiha doirasida 11 ta shunday Markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo'lib, bu kelgusida maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlar hamda direktorlar uchun bevosita o'z hududida malaka oshirish imkonini beradi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍