School news

PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI

01.07.2025 877

🤩 PREZIDENT MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONLARI BIRINCHI BOSQICHI 6-IYUL KUNI BOʻLIB OʻTADI

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube