School news · Bizning faxrimiz
Maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Dushambaeva Maftuna Rossiyaning Artek oromgohida bo'lib qaytdi.
Maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Dushambaeva Maftuna Rossiyaning Artek oromgohida bo'lib qaytdi.
Xalqaro "Большая Перемена" tanlovi 6-mavsumining onlayn ikki bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, 26-31 iyul kunlari bo'lib o'tgan final hamda 15 iyul - 5 avgust sanalarida o'tkazilgan Artekning 8-mavsumiga yo'llanmaga ega bo'ldi.
Maftuna finalda 2-darajali laureat diplomini qo'lga kiritdi.
"Bu yoz men uchun unutilmas bo'ldi. Oromgohda men 23ta davlatdan, jumladan Germaniya, Ispaniya, Gretsiya, Fransiya va boshqa davlatlardan yangi do'stlar orttirdim. Barchamizni bu yerga bitta maqsad yetaklab kelgan edi – finalda g'alaba qozonish. Hafta davomidagi yakka va jamoaviy shartlar, yangi g'oya va loyihalar ustidagi mehnat o'z natijasini ko'rsatdi va biz g'alaba bilan uyga qaytdik." – deya o'quvchimiz o'z tasurotlari bilan bo'lishdi.
O'quvchimizga kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Telegram | Instagram | YouTube