School news · Bizning faxrimiz

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga…

29.10.2025 892

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi.

🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda.

✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir.

❗️ Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi.

🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi?

📎Unda maktablarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!

Hududlarda joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari bilan quyida tanishing:

1️⃣ Andijon viloyati
2️⃣ Buxoro viloyati
3️⃣ Farg‘ona viloyati
4️⃣ Jizzax viloyati
5️⃣ Namangan viloyati
6️⃣ Navoiy viloyati
7️⃣ Qashqadaryo viloyati
8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
9️⃣ Samarqand viloyati
🔟 Sirdaryo viloyati
1️⃣1️⃣ Surxondaryo viloyati
1️⃣2️⃣ Toshkent shahri
1️⃣3️⃣ Toshkent viloyati
1️⃣4️⃣ Xorazm viloyati