School news

"MAKTAB MASLAHATCHISI"dan MASLAHATLAR: TOP universitetlarga kirish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

28.05.2025 676

✈️ "MAKTAB MASLAHATCHISI"dan MASLAHATLAR: TOP universitetlarga kirish uchun nimalarga e'tibor berish kerak?

➖ Sitora Xurramova,
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg’on tumani ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi:

⚡️ Bugungi kunda yuqori IELTS, SAT natijalari yetarli bo‘lmay qoldi. Jahonning TOP universitetlari har tomonlama rivojlangan, tirishqoq, tanqidiy fikrlovchi o‘quvchilarni qabul qilmoqda.

📊 Bir o‘quvchi 15 dan ortiq O‘zi haqida bayon — Personal Statement yozadigan bo‘lsa, 20 dan ortiq dunyo universitetlariga topshirishi mumkin. Chunki, har bir universitetning o‘z qadriyati bor va talabadan nimadandir kutadi. Ularga shu narsani bersakgina, TOP universitetlarda o‘qish osonlashadi.

🔰 Maslahatim — o‘quvchilar o‘zlari istaydigan universitet va sohani ko‘proq tahlil qilishlari hamda ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari kerak. Bu narsa oldilariga qo‘ygan maqsadlariga yetishni osonlashtiradi.

🌐 Batafsil videolavhada.
____

🔴 Ayni damda maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

#Renessans #maktab_maslahatchilari

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube