School news · Tadbirlar

KITOBXONLIK TANLOVI – BILIMGA OCHILGAN ESHIK!

10.11.2025 911

📚 KITOBXONLIK TANLOVI – BILIMGA OCHILGAN ESHIK!

📖 Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Kitobxon o‘quvchi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilar Rudyard Kiplingning "Maugli" asari yuzasidan fikr almashishdi va savol-javoblarda faol qatnashishdi. Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni mutolaa madaniyatiga, keng dunyoqarash va mustaqil fikrlashga chorlashdir.

🏅 Eng faol va bilimdon kitobxonlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📚 Kitob — inson tafakkurining chirog‘i, o‘quvchi esa shu chiroqni yondiruvchi avloddir!

🏛 Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube