KIRISH IMTIHONI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❓KIRISH IMTIHONI NATIJALARI QACHON EʼLON QILINADI?
❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga koʻra:
➖Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;
➖Ijod maktablariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari 3-bosqich kirish imtihonlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida;
➖Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar, Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinishi belgilangan.