School news · Bizning faxrimiz
“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga…
“Ikki Renessans davomida bashariyatga muallimlik qilgan xalqimiz orasida ustozlarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish eng go‘zal va qadimiy an’analarimizdan biriga aylangan.
Bugun Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurish degan bag‘oyat ulug‘ va sharafli ishni boshlagan ekanmiz, eng avvalo, siz – aziz ustozlar hamda iste’dodli shogirdlaringizga tayanamiz.
Ishonchim komil, sizlar bilan birga chin dildan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot moʻjizasini albatta yarata olamiz. Oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birga albatta yetamiz!”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz so‘zining yakunida o‘qituvchi va murabbiylarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tiladi.
Tadbir davomida o‘qituvchi va talabalar, ta’lim tashkilotlarining rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.