Farzandim bir vaqtning oʻzida Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch…
❓Farzandim bir vaqtning oʻzida Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga va uning hududlardagi filiallariga hujjat topshirsa boʻladimi?
➖Yoʻq. Farzandingiz Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga yoki oʻz hududingizdagi mazkur maktabning filialiga hujjat topshirishi mumkin.
🗣 Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori
✅ Maʼlumot oʻrnida, hozirgi kunda Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand hamda Urganch shaharlarida filiallari mavjud.
📍Bosqichma-bosqich qolgan hududlarda ham mazkur maktabning filiallari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
🤖 @piima_admission_chatbot
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube