School news · Xalqaro hamkorlik

DIQQAT, TANLOV!

10.06.2025 722

⚡️ DIQQAT, TANLOV!

❗️Hurmatli lider va tashabbuskor rahbarlar! Siz bilan kelajak innovatsion taʼlimini birgalikda quramiz!

‼️ Siz taʼlim tizimida yangilik va o‘zgarish qilishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi innovatsion fikrlovchi, ilgʻor va masʼuliyatli rahbar kadrlarni ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga taklif etadi.

📆 Hujjatlar qabuli 10-iyundan boshlanadi
🌐 Platforma: job2.piima.uz

🗣Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🟢 Shaxsiy va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar – xalqaro tajriba, zamonaviy metodikalar, mentorlik va professional rivojlanish.

🌍 Mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan treninglarda – bevosita ishtirok etish, xalqaro IELTS, SAT kabi sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati.

💼 Ta’limda global yondashuv – sizda xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars jarayonlarini tashkil etish imkoniyati bo‘ladi.

📝 Talab qilinadigan hujjatlar:
✅Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
✅Bakalavr yoki magistr diplomi;
✅Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
✅IELTS / CEFR sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

⏺Biz qanday nomzodni izlayapmiz?
🔹 Halol, fidoyi va mas’uliyatli;
🔹 Kuchli liderlik salohiyatiga ega;
🔹 Jamoa bilan ishlay oladigan va AKT sohasida zamonaviy bilimlarga ega rahbar.

💫Kelajak ta’limida sizning o‘rningiz bor!
✅ Endi sizning navbatingiz – rahbarlikdagi yangi bosqichga birinchi qadamni tashlang!

🤩 Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube