School news · Tadbirlar
Bugun Agentlik tizimidagi Jizzax Prezident maktabida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi…
✅✅
Bugun Agentlik tizimidagi Jizzax Prezident maktabida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, irodali va maqsadli bo‘lishga chorlovchi ushbu tashabbusning ahamiyatini ta’kidladi.
✅️Ma‘lumot uchun, musobaqa PQ–421-son qarori asosida yoshlarning jismoniy salohiyatini oshirish va iqtidorli sportchilarni aniqlashga qaratilgan.
Tantanali tadbir madhiya, ijodiy chiqishlar va sport ruhidagi g‘ayratli shijoat bilan davom etdi.